date

Farangiz Abdazova tanqidlarga javob berdi: “Men tappi yopgan qizman”

Farangiz Abdazova tanqidlarga javob berdi: “Men tappi yopgan qizman”

Aktrisa Farangiz Abdazova ijtimoiy tarmoqlarda uni “qishloqqa kelin bo‘lgan” deya tanqid qilganlarga munosabat bildirdi. San’atkor bu kabi fikrlarni asossiz deb atab, o‘z kelib chiqishini ochiq tan oldi.

“Men o‘zim ham qishloq qiziman. Kerak bo‘lsa, tappi yopib katta bo‘lganman. Buni hech qachon kamchilik deb bilmaganman”, — deydi aktrisa. Uning ta’kidlashicha, u kelin bo‘lib tushgan xonadonning sharoiti ham u ulg‘aygan oilanikidan ancha yaxshi.

Farangiz Abdazova uchun eng muhimi insonning kelib chiqishi emas, balki tarbiyasi, mehnati va hayotga bo‘lgan munosabati ekanini alohida qayd etdi. U qishloqdan chiqqan bo‘lish — bu faxr, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, Farangiz Abdazova MY5 telekanali boshlovchisi Sirojiddin Hoshimjonov bilan suratga olish jarayonida tanishgan. Ular o‘zaro iliq munosabatlar o‘rnatib, bir-birlarini yoqtirib qolishgan va joriy yil rasmiy nikohdan o‘tishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Farangiz Abdazova tanqidlarga javob berdi: “Men tappi yopgan qizman”