date

Oʻzbekiston jiyda eksportini bir yilda qariyb 69 foizga oshirdi

Oʻzbekiston jiyda eksportini bir yilda qariyb 69 foizga oshirdi

Oʻzbekiston 2025 yilning 11 oyi yakunida 5,4 ming tonna jiyda eksport qildi. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 68,8 foizga ko‘p. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Eksportdan tushgan tushum 9,1 mln dollarni tashkil etdi. Jiydaning eng yirik xaridori Turkiya bo‘lib, bu mamlakatga 2,1 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan. Xitoy 957 tonna, Qozogʻiston esa 852 tonna jiyda import qilgan.

Oʻzbekiston jiydasini ko‘p xarid qilayotgan davlatlar beshligidan Rossiya (508 tonna) va Ozarbayjon (396 tonna) ham o‘rin oldi.

Jiyda — lox daraxtida (ko‘proq kumush yoki sharqiy lox) o‘sadigan, shirinimsiq va biroz taxir taʼmli meva. U Markaziy Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha quritilgan holatda isteʼmol qilinadi, shirinliklarga qo‘shiladi hamda xalq tabobatida qo‘llanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekiston jiyda eksportini bir yilda qariyb 69 foizga oshirdi