
Turkiyaning Superligasida «Trabzonspor» safida to'p surayotgan ukrainalik himoyachi Arseniy Batagov transfer bozorida talabgir futbolchilardan biriga aylandi. Bu haqda Taka Gazetesi nashri jurnalistlari xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli futbolchiga «Napoli», «Benfika» hamda «Bolonya» qiziqish bildirmoqda. «Trabzonspor» rahbariyati Batagovni 30–35 million yevroga baholayapti va undan arzon narxda futbolchini qo'yib yuborishni istamayapti. Transfermarkt esa ukrainalik himoyachining qiymatini 9 million yevro deb ko'rsatgan.
Turkiya chempionatining 2025/2026-yilgi mavsumi birinchi yarmida Batagov «Trabzonspor» tarkibida 16 uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta golli uzatma bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.