date

Sirdaryo va Namangan viloyatlarida yangi hokimlar tayinlandi

Sirdaryo va Namangan viloyatlarida yangi hokimlar tayinlandi
Sirdaryo va Namangan viloyatlarida bir qator yangi hokimlar lavozimga tayinlandi. Bu haqda rasmiy manbalar xabar bermoqda.

Sirdaryo viloyati Shirin shahri hokimi lavozimiga Kambarova Dilfuza Yigitaliyevna tayinlandi. U tayinlovga qadar Xalq banki Sirdaryo viloyati mintaqaviy markazining Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mintaqaviy markaz boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Namangan viloyatida Yangi Namangan tumani hokimi lavozimiga Karabayev Adham Jakbaraliyevich tayinlandi. U avval “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan filiali bosh direktori bo‘lgan. Shu bilan birga, Uychi tumani hokimi lavozimiga Abdullayev Muzaffar Abdug‘aniyevich tayinlandi. U viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yangi hokimlarning faoliyati hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishga qaratiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sirdaryo va Namangan viloyatlarida yangi hokimlar tayinlandi