date

Oʻzbekistonda oltin narxi bir yil ichida 49 bor oshib 8,9 mln soʻmga yetdi

Oʻzbekistonda oltin narxi bir yil ichida 49 bor oshib 8,9 mln soʻmga yetdi

Oʻzbekistonda oltin narxlari ketma-ket rekordlarni yangilashda davom etmoqda. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2025 yil boshidan buyon oltin qiymati 49 marta qimmatlashgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

29 dekabr holatiga 5 grammli oltin quyma narxi 8,9 mln soʻmdan oshgan. 10 grammli quyma 17,9 mln soʻmga yetgan.

Shuningdek, 20 va 50 grammli quymalar mos ravishda 35,8 mln va 89,6 mln soʻmgacha koʻtarilgan. 100 grammli oltin quyma esa 179,2 mln soʻmni tashkil etgan.

Oʻtgan hafta, 22 dekabr kuni jahon bozorida oltin ilk bor bir unsiya uchun 4,4 ming dollardan yuqori baholandi. Reuters yozishicha, bu oʻsish AQShda foiz stavkalari pasayishi kutilayotgani va himoya aktivlariga talab kuchaygani bilan izohlanadi.

Agentlik hisob-kitobiga koʻra, yil boshidan beri oltin 67% ga qimmatlagan. Narx tarixda ilk bor bir unsiya uchun 3 ming va 4 ming dollar chegaralaridan oshib, 1979 yildan beri kuzatilgan eng kuchli yillik oʻsishlardan biri boʻlishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekistonda oltin narxi bir yil ichida 49 bor oshib 8,9 mln soʻmga yetdi