date

Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama sheriklikni muhokama qildi

Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama sheriklikni muhokama qildi
29-dekabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida yetakchilar bir-birini Yangi yil bilan tabriklab, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Muloqotda Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi oshayotgani, energetika, sanoat, qishloq va suv xoʻjaligi hamda transport sohalaridagi hamkorlik kengayayotgani qayd etildi.

Shuningdek, “Shovot-Toshhovuz” chegaraoldi savdo zonasi ishga tushirilgani, hududlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani taʼkidlandi. Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Davlat rahbari Avazada oʻtkazilgan yirik sammitlar va Ashxoboddagi forumlarning muvaffaqiyatli oʻtganini taʼkidladi. Kelgusi yilda xalqaro va mintaqaviy tadbirlarni birgalikda oʻtkazish rejalari ham muhokama qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama sheriklikni muhokama qildi