date

Markaziy bank dollarning yangi kursini e'lon qildi

Markaziy bank dollarning yangi kursini e'lon qildi
O‘zbekiston Markaziy banki 28-noyabr uchun yangi valyuta kurslarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, AQSh dollarining kursi 11 902,30 so‘mni tashkil etib, 20,7 so‘mga oshdi.

Shuningdek, rubl 152,18 so‘m, yevro esa 13 780,48 so‘m etib belgilandi. 27-noyabr kuni soat 16:00 holatiga ko‘ra, tijorat banklarida dollarni 11 825–11 880 so‘mdan sotib olish, 11 890–11 950 so‘mdan sotish mumkin.

Rubldan sotib olish kursi 90 dan 142 so‘mgacha, sotish esa 152 dan 190 so‘mgacha belgilangan. Yevro esa 12 970–13 600 so‘m oralig‘ida sotib olinib, 13 800–15 500 so‘mdan sotilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank dollarning yangi kursini e'lon qildi