
2026 yil boshidan Namangan viloyatida yangi soliqlar boshqaruvi bo‘yicha tajriba loyihasi ishga tushiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarorida qayd etilgan.
Loyihaning asosiy maqsadi qarzdorlikni keskin kamaytirish va soliqlarni o‘z vaqtida yig‘ishdan iborat. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil iyul oyi o‘rtalarida soliqlar bo‘yicha qarzdorlikka ega jismoniy shaxslar soni 369 ming nafarni tashkil etgan.
Asosiy qarzdorlik yer va mol-mulk soliqlariga to‘g‘ri keladi. Kelgusi yilning 1 oktyabrigacha tajriba loyihasi natijalari o‘rganilib, uni boshqa hududlarda ham joriy etish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Shuningdek, 2026 yildan e’tiboran ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan tushadigan soliqlar mahalliy byudjetlarga yo‘naltiriladi. Masalan, Namangan viloyatida bu orqali viloyat byudjeti 11,3 milliard so‘mga boyishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.