
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi investitsiya loyihalari hajmi $55 milliarddan oshdi. Bu haqda Toshkentda o‘tgan hukumatlararo komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev TASS agentligiga ma’lum qildi.
Xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston kelgusi yilda Rossiyadan $5 milliard miqdorida investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda. "Bu yangi ishlab chiqarishlar, ish o‘rinlari va soliq tushumlari shaklida sezilarli natija berishi kerak bo‘lgan muhim asosdir", — dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Dekabr oyi boshiga kelib, Rossiya kapitali ishtirokida O‘zbekistonda tashkil etilgan korxonalar soni 3,1 mingdan oshdi. Yil davomida 300 ta yangi korxona ishga tushirilgan.
Joriy yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $12 milliardga yetishi kutilmoqda. Noyabr oyining boshida bu ko‘rsatkich $10 milliarddan oshgan bo‘lsa, o‘tgan yili umumiy hajm $11 milliarddan oshgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.