date

O‘zbekiston va Rossiya hisob-kitoblarining 75%i milliy valyutada amalga oshirilioqda

O‘zbekiston va Rossiya hisob-kitoblarining 75%i milliy valyutada amalga oshirilioqda

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning 75 foizi milliy valyutda amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Geosiyosiy o‘zgaruvchanlik sharoitida biz Denisk Valentinovich (Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Denis Manturov — tahr.) bilan to‘xtovsiz ushbu masalani muhokama qilmoqdamiz: to‘lov infratuzilmasi va raqamli xizmatlarning barqarorligi asosiy mavzulardan biriga aylanmoqda”, — dedi Xo‘jayev, uning so‘zlarini “RIA Novosti” keltiradi. Xo‘jayev bunday natijani muhim yutuq deb atab, uni to‘lov kanallari va tizimlarning integratsiyasi orqali mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, Xo‘jayev O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikdagi loyihalar portfeli 55 milliard dollardan oshgani haqida ham ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Rossiya hisob-kitoblarining 75%i milliy valyutada amalga oshirilioqda