date

2026 yil uchun O‘zbekiston byudjeti loyihasi taqdim etildi

2026 yil uchun O‘zbekiston byudjeti loyihasi taqdim etildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026 yil uchun davlat byudjeti loyihasini e’lon qildi. Mazkur hujjat ilgari Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda ma’qullangan edi.

Konsolidatsiyalangan byudjet tushumlari kelgusi yilda 515,3 trillion so‘mdan oshishi, xarajatlar esa 567 trillion so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda. Byudjet taqchilligi 59,9 trillion so‘m – yalpi ichki mahsulotning 3 foizdan kam miqdorda belgilanishi rejalashtirilgan.

Davlat byudjeti daromadlari 369 trillion so‘m, xarajatlari esa 402,4 trillion so‘mni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Iqtisodiyot vazirligi xabaridan ma’lum bo‘lishicha, kelgusi yilda davlat ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va xavfsizlik sohalarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha rejalar belgilangan. Shuningdek, iqtisodiyot vazirligi xorijdan qarz olish uchun yillik limitni 5 milliard dollar miqdorida belgilagan, bu joriy yil ko‘rsatkichidan 500 million dollarga kam.

Xorijiy hamkorlardan olinadigan mablag‘lar byudjet va investitsiya loyihalariga teng ravishda – 2,5 milliard dollardan yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Byudjetni xavf ostiga qo‘ymaslik maqsadida davlat majburiyatlari bilan bog‘liq yangi davlat-xususiy sheriklik loyihalarining qiymat limitini 6,5 milliard dollar miqdorida qoldirish qaror qilingan.

Shuningdek, davlat g‘aznasidan hududlarga 19,7 trillion so‘m miqdorida tartibga soluvchi transfertlar ajratilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, qo‘shilgan qiymat solig‘ining 5 foizi Toshkent shahri, 20 foizi esa viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtiyoriga o‘tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2026 yil uchun O‘zbekiston byudjeti loyihasi taqdim etildi