date

Sirdaryoda $720 mlnlik 40 ta loyiha ishga tushiriladi

Sirdaryoda $720 mlnlik 40 ta loyiha ishga tushiriladi
2026 yilga kelib Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida Markaziy Osiyo kooperatsiya markazi hududida 40 sanoat loyihasi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati $720 mlnni tashkil etadi, deb ma'lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat Xalq deputatlari kengashi sessiyasida.

Kelasi yilning birinchi choragi oxirigacha markazda umumiy qiymati $300 mln bo‘lgan 14 korxona ish boshlaydi. Bundan tashqari, $122 mlnlik o‘zbek-xitoy avtomobil zavodining ishga tushirilishi kutilmoqda.

Prezident, shuningdek, Sayxunobod tumanidagi ijobiy tajribani ta'kidladi. Bu yerda aholini ish bilan ta'minlash bo‘yicha yangi tizim joriy etilgan.

Natijada 15 ming kishi doimiy daromadga ega bo‘ldi, 1,5 ming oila esa qashshoqlikdan chiqarildi. “Bugun Sayxunobodning eng “og‘ir” tumanlardan biri bo‘lganiga qaramay, odamlar hayoti va kayfiyatidagi o‘zgarishlarga guvoh bo‘lyapsizlar”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Sirdaryoda $720 mlnlik 40 ta loyiha ishga tushiriladi