
2025 yilning to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonda mikromoliya xizmatlari bozori hajmi 104 trillion so‘mga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 barobar ko‘pdir. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Xizmatlarning asosiy qismi banklarga to‘g‘ri kelgan — deyarli 80%, mikromoliya tashkilotlariga (MFT) — 18,5%, lombardlarga esa 2%. Kredit va mikrozaymlar asosan milliy valyutada — 103,5 trillion so‘mlik, xorijiy valyutada esa 500 milliard so‘mlik berilgan.
Mikromoliya tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan xizmatlar hajmi 19 trillion so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichning 13,9 trillion so‘mi uchta tashkilotga to‘g‘ri kelgan: “Tezkoin”, “Shaffof moliya” va “Fortuna biznes”.
Mikromoliya xizmatlarining eng yuqori o‘sishi Toshkent shahri, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida qayd etilgan. Shu bilan birga, o‘tgan yilga nisbatan umumiy kreditlar hajmidagi mikromoliya xizmatlari ulushi 7% ga oshgan va 34,2% ni tashkil qilgan.
Joriy yilning oktyabr oyi boshiga kelib, qishloq aholisi 83 trillion so‘mlik mikrokreditlar va 21 trillion so‘mlik mikrozaymlar olgan. Yillik o‘sish mos ravishda 6% va 4% ni tashkil etgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.