date

Yanvar pensiyalari qachondan to'lanishi ma'lum bo'ldi

Yanvar pensiyalari qachondan to'lanishi ma'lum bo'ldi

Pensiya jamg'armasi matbuot xizmati yanvar oyi to'lovlari bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi. Hozirgi tartibga ko'ra, pensiya pullari odatda har oy 5-sanasigacha pensionerlarning bank plastik kartalariga o'tkaziladi, naqd to'lovlar esa 4–27 yanvar oralig'ida amalga oshiriladi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

Biroq yangi yil bayramlari sabab 31 dekabrdan 4 yanvargacha umumxalq dam olish kunlari etib belgilani, shu bois yanvar pensiyalari qachon tushishi masalasi dolzarblashdi.

Jamg'arma izohiga ko'ra, pensiya xarajatlari har yili tasdiqlanadigan “O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to'g'risida”gi qonun asosida moliyalashtiriladi. 2026 yil uchun Davlat budjeti to'g'risidagi qonun tasdiqlangani ortidan, yanvar oyida plastik karta orqali oladigan fuqarolarga pensiya mablag'lari 5 yanvardan boshlab o'tkazila boshlaydi.

Shu tariqa, 2026 yil 5 yanvardan Pensiya jamg'armasi pensiya mablag'larini yetkazib beruvchi tashkilotlarni moliyalashtirishni yo'lga qo'yadi. Yanvar pensiyalari 5 yanvar kuni plastik kartalarga tushiriladi, 27 yanvargacha esa Xalq bankining mobil kassalari orqali hududlarda yoki fuqarolarning yashash manzilida naqd shaklda kundalik yetkazib beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Yanvar pensiyalari qachondan to'lanishi ma'lum bo'ldi