date

NDS tushumlari qayta taqsimlanadi: hududlarga ko'proq, Toshkentga kamroq

NDS tushumlari qayta taqsimlanadi: hududlarga ko'proq, Toshkentga kamroq

Kelasi yil boshidan boshlab NDS tushumlarining 5 foizi Toshkent shahar budjetiga, 20 foizi esa boshqa hududlar budjetlariga yo'naltiriladi. Bu bo'yicha farmon 26 dekabr kuni imzolandi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Mahalliy budjetlar NDSdan tashqari foyda solig'i, benzin va dizel yoqilg'isiga aktsiz yig'imlari hamda davlat bojlari hisobidan ham to'ldiriladi. Shuningdek, tuman va shahar xalq deputatlari kengashlariga, jumladan umumiy ovqatlanish shoxobchalarida alkogol mahsulotlari savdosi uchun yig'im stavkalarini 20 foizgacha oshirish huquqi beriladi. Ushbu tushumlarning barchasi mahalliy budjetlarda qoladi.

Bundan tashqari, moliyalashtirishning qo'shimcha manbasi sifatida daromadlarning bir qismi joylarga beriladi. Xususan, qishloq xo'jaligi yerlarini to'g'ridan-to'g'ri ijaraga berishdan tushadigan mablag'lar tuman va shaharlar budjetlariga yo'naltiriladi.

Dehqon bozorlari, ixtisoslashgan va buyum bozorlari faoliyatidan olinadigan soliqlar ham ularning joylashgan hududidagi tuman va shahar budjetlariga tushadi. Mazkur mablag'lar bozorlarni rivojlantirish va mahallalardagi infratuzilmani yaxshilashga sarflanishi ko'zda tutilgan.

Shu bilan birga, kelasi yildan boshlab hududiy va shahar hokimliklari mahalliy budjetlarning bo'sh mablag'larini tijorat banklarida depozitga joylashtirib, auksionlar orqali qo'shimcha daromad olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » NDS tushumlari qayta taqsimlanadi: hududlarga ko'proq, Toshkentga kamroq