17:57 / 20.07.2019
2 602

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz darajasida qoldirdi

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz darajasida qoldirdi
2019 yil 20 iyul kuni Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Markaziy bank Boshqaruvining ushbu qarori barqaror proinflyatsion xatarlar saqlanib qolayotgani fonida, banklarning uzoq muddatli omonat resurslari ulushi va hajmlari o‘sishi dinamikasini ular kredit resurslarini davlat vositalaridan an’anaviy - bozorga yo‘naltirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida mustahkamlash zarurligi tufayli qabul qilindi.

Joriy yilning birinchi yarmida alohida inflyatsion risklar amalga oshdi, shu munosabat bilan, inflyatsiya prognozi o‘zgarishsiz qoldi - 13,5-15,5 foiz atrofida.

Yillik inflyatsiya iyun oyining oxiriga kelib 13,6 foizni tashkil etdi va bazaviy prognoz yo‘lagi pastki chegarasi yaqinida qoldi. Shu bilan birga, oxirgi 5 oy davomida yillik inflyatsiya darajasi 13,5-13,7 foizni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz darajasida qoldirdi