Jahongir Otajonovdan quvonchli xabar: u sakkizinchi marta ota bo‘ldi

Jahongir Otajonovdan quvonchli xabar: u sakkizinchi marta ota bo‘ldi
Qisqacha

Xonanda Jahongir Otajonov konsert dasturida o'zi uchun sakkizinchi farzand dunyoga kelganini muxlislariga ma'lum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda san'atkor bu quvonchli xabarni birinchi marta ommaga aytgani aks etgan. U qiz farzandli bo'lganini katta xursandchilik bilan bildirib, bu haqda hali internetda e'lon qilinmaganini ta'kidladi. Shuningdek, san'atkor qizaloq soat ikki atrofida tug'ilganini aytib, yig'ilganlardan samimiy tilaklar so'radi.

Xonanda Jahongir Otajonov konsert dasturi davomida muxlislariga quvonchli xabarni yetkazdi. Uning aytishicha, u sakkizinchi marta ota bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda san’atkor sahnada turib bu yangilikni birinchi marta ommaga ma’lum qilgani aks etgan. Xonanda qiz farzandi dunyoga kelganini katta xursandchilik bilan aytgan.

“Yana bitta yangiligim bor, mening kichkina farzandim — qizim tug‘ildi”, — deya murojaat qilgan u.

Shuningdek, u bu xabar hali internet yoki boshqa manbalarda e’lon qilinmaganini ta’kidlagan. Jahongir Otajonovning so‘zlariga ko‘ra, qizaloq soat ikki atrofida dunyoga kelgan.

San’atkor muxlislardan samimiy tilaklar so‘rab, yaxshi niyatlar bildirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar