Samsung Galaxy S26 uchun One UI 8.5 yangilanishini chiqardi

Samsung kompaniyasi Yevropa hududidagi Galaxy S26 flagmanlar turkumi uchun ikkinchi aprel yangilanishi — One UI 8.5 versiyasini tarqatishni boshladi. Mazkur dasturiy taʼminot S948BXXU2AZDE va S948BOXM2AZDE yigʻilish raqamlariga ega boʻlib, avvalroq Janubiy Koreya bozorida taqdim etilgandi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi proshivka tez orada boshqa mintaqalardagi foydalanuvchilar uchun ham ochiq boʻladi. Rasmiy oʻzgarishlar roʻyxatiga koʻra, tizimning umumiy barqarorligi va ishonchliligi oshirilgan. Shuni taʼkidlash joizki, xavfsizlik darajasi 2026-yilning aprel oyi uchun moʻljallangan yamoq darajasida qolgan.
Shuningdek, Samsung Galaxy S26 flagmanlariga xos boʻlgan muhim funksiyalardan biri — Horizontal Lock rejimini eskiroq qurilmalarga ham joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu funksiya avval faqat yangi flagmanlar uchun eksklyuziv hisoblanardi.
Ayni paytda kompaniya serverlarida Samsung Galaxy S26 uchun moʻljallangan navbatdagi yirik yangilanish — One UI 9 versiyasi ham paydo boʻlgani haqida maʼlumotlar mavjud.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!