18:18 / 01.05.2020
3 792

OTB: Markaziy Osiyoni misli ko‘rilmagan inqiroz kutmoqda

OTB: Markaziy Osiyoni misli ko‘rilmagan inqiroz kutmoqda
Koronavirus pandemiyasi tufayli Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy inqirozning hajmi va ko‘lami misli ko‘rilmagan darajada bo‘ladi. Bu haqda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) hisobotida aytib o‘tildi.

"Hozirgi vaqtda mintaqa ta’minot zanjiri, turizm, pul o‘tkazmalari va moliyaviy oqimlarga ta’sir ko‘rsatadigan global va mintaqaviy aloqalardagi buzilishlarni yengib o‘tishi kerak. Shu bilan birga, cheklov choralari tufayli mahalliy ishlab chiqarishning pasayishi kutilmoqda. Bundan tashqari, neft eksport qiluvchilar (Qozog‘iston, Turkmaniston nazarda tutilmoqda - sof.uz) neft narxining keskin pasayishi bilan kurashish kerak. Mintaqadagi ko‘plab mamlakatlar uchun iqtisodiy inqiroz 2008-2009 yillardagi global moliyaviy inqiroz va 2014–2015 yillarda neft narxining pasayish davriga qaraganda yomonroq bo‘lishi kutilmoqda", - ta’kidlanadi hisobotda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, pul o‘tkazmalari hamda moliyaviy zaxiralarning cheklanganligi Covid-19 inqirozidan keyin mintaqa iqtisodiyoti tiklanishini sekinlashtiradi.

OTB 2020 yilda Markaziy va G‘arbiy Osiyoda yalpi ichki mahsulot o‘sishi sezilarli darajada pasayishini bashorat qilmoqda, shundan so‘ng 2021 yilda zaif tiklanish bo‘ladi.

Iqtisodiy o‘sish. Manba: OTB
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu global pandemiya doimiy izlarni qoldirishi mumkin, bu esa jahon iqtisodiyotida tub va doimiy o‘zgarishlarga olib keladi. Inqirozgacha bo‘layotgan ochiq savdo va investitsiya tizimidan voz kechish Markaziy va G‘arbiy Osiyoda o‘sishni yomonlashtirishi mumkin.

2020 yil mart oyida, Markaziy va G‘arbiy Osiyoda Covid-19 tarqalishi boshlanganida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda inflyatsiya o‘sishi biroz tezlashdi, Armaniston, Gruziya va O‘zbekistonda esa barqaror bo‘lib qoldi, Pokistonda pasaygan.

OTB tavsiyalari
Inqirozdan keyin hukumatlar moliyaviy zaxiralarini tiklashlari va qarz majburiyatlarini kamaytirishlari kerak. Shuningdek, ular xususiy sektor ishtirokida kuchli va barqaror tiklanishni ta’minlash uchun islohotlarga sodiqligini yana bir bor namoyon qilishlari kerak.

"Iqtisodiyotni ushlab turish va pandemiyani oldini olish uchun dadil harakat talab etiladi. Markaziy banklar kredit olish uchun katta likvidlikni ta’minlashi kerak. O‘z vaqtida soliq imtiyozlari shifokorlarga maosh to‘lash va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, biznesni qo‘llab-quvvatlash va ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda ijtimoiy himoya muhimdir", - deya tavsiya qiladi mutaxassislar.

Hukumatlar davlat xarajatlarini qayta yo‘naltirishlari, mavjud moliyaviy zaxiralardan foydalanishlari, grantlar yoki qarzlarni moliyalashtirishlari va xususiy sektorni yordam va tiklanish ishlariga jalb qilishning yangi usullarini izlashlari kerak. Qayta tiklanish mintaqadagi davlat va xususiy sektorning rolini muvozanatlash uchun imkoniyat yaratadi. Xususiy sektor cheklovlardan xoli bo‘lishi, o‘sishi va iqtisodiyotni jonlantirish hamda ish o‘rinlarini yaratishga to‘la hissa qo‘shishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » OTB: Markaziy Osiyoni misli ko‘rilmagan inqiroz kutmoqda