date

Bu hafta oltin rekord darajada qimmatlashdi

Bu hafta oltin rekord darajada qimmatlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan oltin quymalarning kunlik sotuv narxlari bo‘yicha monitoring natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 2025-yil oktyabr oyining navbatdagi ish haftasida oltin narxi rekord darajada ko‘tarildi. Haftalik tahlilga ko‘ra, bir gramm oltin narxi umumiy hisobda 153 400 so‘mga qimmatlashdi. Bu esa eng kichik 5 grammlik oltin quymaning narxi 767 000 so‘mga oshganini bildiradi.

Kunlik o‘zgarishlar quyidagicha bo‘ldi (1 gramm oltin uchun):

  • Dushanba: +13 800 so‘m

  • Seshanba: +42 200 so‘m

  • Chorshanba: +20 600 so‘m

  • Payshanba: +13 200 so‘m

  • Juma: +63 600 so‘m

Mutaxassislarning fikricha, global geosiyosiy vaziyat, xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar va valyuta kurslarining tebranishi O‘zbekiston oltin narxlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, aholining investitsion maqsadlarda oltin quymalarini xarid qilishga bo‘lgan qiziqishi narxlarga qo‘shimcha bosim sifatida ta’sir etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bu hafta oltin rekord darajada qimmatlashdi