date

Apple aksiyalari 263 dollardan oshib, rekord o‘rnatdi

Apple aksiyalari 263 dollardan oshib, rekord o‘rnatdi

Apple kompaniyasi aksiyalari 4 foizdan ko‘proqka oshib, $263,52 darajasiga yetdi — bu aksiyalar uchun yangi ichki savdo rekordi hisoblanadi, deb Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.
Kompaniya aksiyalarining o‘sishi Counterpoint Research tahliliy hisoboti bilan bog‘liq. Unda aytilishicha, iPhone 17 AQSH va Xitoyda yuqori savdo ko‘rsatkichlarini qayd etgan.
Shu munosabat bilan Apple qimmatli qog‘ozlariga talab oshdi va bozorda ularning qiymati keskin o‘sdi. Bir vaqtning o‘zida Loop tahlilchilari Apple’ni sotib olish uchun qulay sanaladigan kompaniya sifatida baholab, aksiyalar uchun yuqori narx maqsadini belgiladi — $325.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Apple aksiyalari 263 dollardan oshib, rekord o‘rnatdi