date

Noqonuniy qurilgan qurilmalar majburiy tartibda buzdirildi

Noqonuniy qurilgan qurilmalar majburiy tartibda buzdirildi

Ayrim hollarda yer qonunchiligi talablariga rioya etmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz yoki samarasiz foydalanish, shuningdek, noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirish holatlari kuzatilmoqda.

Shu munosabat bilan, Majburiy ijro byurosining Andijon viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga asosan o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga muvofiq, Jalaquduq shahar, Yangi chek mahallasi, Navoiy ko‘chasida joylashgan oshxona binosi va yordamchi inshootlar old qismidagi 395,5 kvadrat metr yer maydonida noqonuniy o‘rnatilgan temir panjara hamda yengil tipdagi qurilma javobgar nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan buzdirilishi belgilangan.

Mazkur sud hujjati Majburiy ijro byurosi Jalaquduq tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng, ijro harakatlari amalga oshirildi hamda noqonuniy qurilgan qurilmalar belgilangan tartibda majburiy ravishda buzdirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy qurilgan qurilmalar majburiy tartibda buzdirildi