date

Dunyodagi eng qashshoq 10 ta davlat ro‘yxati e’lon qilindi

Dunyodagi eng qashshoq 10 ta davlat ro‘yxati e’lon qilindi

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi va Visual Capitalist tahlillariga ko‘ra, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot bo‘yicha dunyodagi eng qashshoq davlatlar asosan Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mintaqasida joylashgan.

Quyida 2025 yildagi eng kam YAIMga ega davlatlar ro‘yxati keltirilgan:

🇸🇸 Janubiy Sudan — 251 dollar,

🇾🇪 Yaman — 417 dollar (Yaqin Sharqdagi yagona davlat),

🇧🇮 Burundi — 490 dollar,

🇨🇫 Markaziy Afrika Respublikasi — 532 dollar,

🇲🇼 Malavi — 580 dollar,

🇲🇬 Madagaskar — 595 dollar,

🇸🇩 Sudan — 625 dollar,

🇲🇿 Mozambik — 663 dollar,

🇨🇩 Kongo Demokratik Respublikasi — 743 dollar,

🇳🇪 Niger — 751 dollar.

BMTning “2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlari” doirasida qashshoqlikni barcha shakllarda tugatish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Tashkilot rivojlanayotgan mamlakatlarda qashshoqlikni qisqartirish, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va aholining tabiiy resurslardan teng foydalanishini ta’minlaydigan milliy hamda mintaqaviy mexanizmlarni yaratish ustida ishlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng qashshoq 10 ta davlat ro‘yxati e’lon qilindi