Yevropa Chempionlar Ligasining 3-tur bahslari kutilganidek hayajonli tarzda boshlandi. Ispaniyadagi “Olimpiakos”ga qarshi bellashuvda “Barselona” muxlislarini haqiqiy gollar shouci bilan xursand qildi — kataloniyaliklar 6:1 hisobida yirik g‘alaba qozondi.
O‘yinning ilk daqiqalaridanoq maydonda to‘liq ustunlik “Barselona” tomonida bo‘ldi. Hujumkor uslubda harakat qilgan jamoa 7-daqiqada Fermin Lopesning aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. 39-daqiqada u yana bir gol urib, dublga erishdi.
Birinchi bo‘limning ikkinchi yarmida “Olimpiakos” ham o‘z imkonini qo‘ldan boy bermadi — Al-Kaabi 54-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi. Biroq bu gol mehmonlarga faqat vaqtinchalik taskin berdi, xolos.
Ikkinchi bo‘limda “Barselona” yanada faol o‘ynadi. 68-daqiqada yosh talant Lamin Yamal penaltidan gol kiritib, hisobni 3:1 qildi. Bir necha daqiqa o‘tib, Reshford ketma-ket ikki bor darvozani ishg‘ol etib, dubl qayd etdi. Lopes esa 76-daqiqada o‘zining uchinchi golini urib, uchrashuvni het-trik bilan yakunladi.
6:1 — “Barselona” uchun juda ishonarli natija. Kataloniya klubi shu tariqa ochkolari sonini 6 taga yetkazdi va guruhdagi yetakchi pozitsiyani mustahkamladi.
“Olimpiakos”da esa vaziyat ancha murakkab — ular faqat bir ochko bilan jadvalda oxirgi pog‘onalarda qolmoqda. Bundan tashqari, jamoa 57-daqiqada Hezze ikkinchi sariq kartochka olib, maydondan chetlatilganidan keyin bir kishi kam bo‘lib qoldi.
Kunning yana bir bahsida Qozog‘istonning “Qayrat” klubi 10 kishi bo‘lib qolgan “Pafos” bilan golsiz durangga rozi bo‘ldi (0:0). Bu natija qozog‘istonliklar uchun ikki ochkolik yo‘qotish bo‘ldi, chunki ular uchrashuvning ko‘p qismini ustunlikda o‘tkazishgan edi.
YECHL. 3-tur natijalari
Barselona – Olimpiakos 6:1
Gollar: Lopes (7, 39, 76), Yamal (68 pen), Reshford (74, 79) – Al-Kaabi (54 pen).
Barselona – Shesni, Kunde (Arauxo, 75), Erik Garsiya, Pau Kubarsi, Balde (Martin, 75), Kasado, Pedro Fernandes (De Yong, 59), Pedri (Bernal, 81), Yamal, Fermin, Reshford.
Olimpiakos – Tzolakis, Koshtinya, Retsos, Pirola, Ortega, Martins, Dani Garsiya, Podense, Shikinyu (Nasimento, 31), Al-Kaabi (Torimiy, 77).
Ogohlantirishlar: Balde 23, Hezze 35, Dani Garsiya 39, Podense 55
Chetlatish: Hezze 57 (ikkinchi sariq karochka)
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!