date

"Nasaf" yana mag‘lub bo‘ldi: Dubayda golli kecha va og‘ir o‘yin...

"Nasaf" yana mag‘lub bo‘ldi: Dubayda golli kecha va og‘ir o‘yin...

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turida "Nasaf" mehmon sifatida Dubaydagi "Shabab Al-Ahli" mehmoni bo‘ldi. Ushbu bahs qarshiliklar uchun omadsiz yakunlandi — 4:1 hisobida mezbonlar g‘alaba qozondi.

O‘yin boshlanishi bilanoq duel yuqori sur’atda boshlandi. Dastlab 9-daqiqada Federiko Kartabia hisobni ochib, “Shabab Al-Ahli”ni oldinga olib chiqdi. Bir daqiqa o‘tmay, qarshiliklar javob qaytardi — Zafarmurod Abdurahmatov Sardor Bahromov uzatmasidan keyin hisobni 1:1 qildi.

Biroq birinchi bo‘lim o‘rtalarida dubayliklar yana tashabbusni qo‘lga kiritishdi. 27-daqiqada Renan Viktor o‘z jamoasini yana oldinga olib chiqdi, 41-daqiqada esa Matevsao jamoasining ustunligini ikki to‘p farqiga yetkazdi.

Ikkinchi bo‘limda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari tarkibdagi o‘zgarishlar orqali vaziyatni tuzatishga urinishdi — Norchayev, Sidiqov va Bozorov maydonga tushirildi. Ammo oxirgi daqiqalarda ham vaziyat o‘zgarmadi. 90+5-da Breno Kaskardo Lemos “Shabab Al-Ahli”ning to‘rtinchi golini urdi va bahsga nuqta qo‘ydi.

"Nasaf" shunday qilib Osiyo Chempionlar Ligasidagi uchala bahsda ham mag‘lubiyatga uchradi. Bu natija jamoaning guruhdan chiqish imkoniyatini jiddiy qiyinlashtirdi.

Qarshiliklarning navbatdagi uchrashuvi 3-noyabr kuni “Al-Vahda”ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs “Nasaf” uchun guruhdagi so‘nggi imkoniyatlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

"Shabab Al-Ahli" – "Nasaf" 4:1

Gollar: Kartabia (9), Abdurahmatov (10), Renan (27), Matevsao (41), Breno (90+5)

Shabab Al Ahli: 22. Hamad Abulla, 4. Bogdan Planich, 6. Said Izzatullohi, 9. Munas Dabbur, 10. Federiko Kartabia, 13. Renan Viktor, 19. Lima (80. Breno Kaskardo Lemos,71), 23. Mersad Seifi (25. Igor Gomes, 71), 75. Mateus Silva (31. Kavan Silva,71), 77. Bala, 88. Nemanya Maksimovich.

Nasaf: 1. Oleksandr Vorobey, 2. Alibek Davronov, 7. Adenis Shala (18. Husayn Norchayev,62), 8. Zafarmurod Abdirahmatov (Diyorbek Abdunazarov,80), 10. Dragan Cheran, 14. Sharof Muhitdinov (77. Oybek Bozorov,46), 22. Igor Golban (9. Javohir Sidiqov,62), 24. Sardorbek Bahromov, 28. Shuxrat Muhammadiyev (19. Stefan Cholovich,46), 34. Sherzod Nasrullayev, 92. Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: Zafarmurod Abdurahmatov (21), Sherzod Nasrullayev (26), Javohir Sidiqov (72), Alibek Davronov (90)

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" yana mag‘lub bo‘ldi: Dubayda golli kecha va og‘ir o‘yin...