Foto: Markaziy bank
Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri oltin narxi keskin oshdi va hatto bir unsiya uchun 2000 dollarlik tarixiy rekordni yangiladi.
Ammo 2021 yilning o‘zidayoq qimmatbaho metallga bo‘lgan qiziqish so‘na boshladi va 2022 yil yanvar oyiga kelib oltinning bir unsiyasi 1800 dollarga baholanmoqda.
Mutaxassislarning prognozlari har xil. JP Morgan Chase & Co. iqtisodiyot tiklanishi bilan oltin narxi pasayib, bir unsiya uchun 1631 dollargacha tushishini aytadi. Shunga o‘xshash fikrni boshqa ko‘plab mutaxassislar ham bildirishgan:
- Ayni damda oltinga ishonch katta deb aytolmayman. To‘g‘risi, bitkoin yoki ko‘chmas mulkdan, menimcha, ko‘proq foyda bor, — deydi Piper Sandler’ning katta tahlilchisi Kreyg Jonson.
Biroq oltinni «himoya» qilayotganlar ham bor. BlackRock Inc. fikriga ko‘ra, bu yil metall narxi real foiz stavkalari, dollar dinamikasi va «himoya» aktivlariga bo‘lgan talab kombinatsiyasi hisobiga oshishi mumkin.
Bundan tashqari, iqtisodiy beqarorlik davrida odatda oltin narxi ko‘tariladi.
- Biz AQSH, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi munosabat tebranishlari, shuningdek, Yaqin Sharqdagi voqealar sariq metallga bo‘lgan ishtahani yana ochib yuborishi mumkinligiga ishonamiz, — deydi «Aton» tahlilchilari.
O‘zbekistonda oltin sotib olishning qonuniy tartibi
Oltin sotib olish imkoniyati paydo bo‘lganiga uncha ko‘p bo‘lmadi — 2018 yilda tangalar, 2020 yilda esa metall quymasi hamda suvenir to‘plamlar sotuvga qo‘yildi.
Ularning barchasi mahalliy 999 standartidagi oltindan tayyorlangan. Butun respublika bo‘ylab banklarda sotiladi.
Talab bor. Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bobir Abubakirovning aytishicha, 2021 yil sentyabr oyiga qadar o‘zbekistonliklar 5100 ta quyma oltin va 2500 ta tanga sotib olgan. Aholi tomonidan sotib olingan oltinning umumiy hajmi 168,6 kilogrammni tashkil etadi.
Tangalar
Sotuvga 15, 20, 31 va 31,1 grammlik esdalik tangalar qo‘yilgan. Narxlar kun sayin o‘zgarib turadi, joriy narx bilan Markaziy bank sayti orqali tanishish mumkin. Ushbu maqola nashr qilingan vaqtda tangalar narxi 9,6 mln so‘mdan 20 mln so‘mgacha bo‘lgan.
Quyma oltinlar
Ular to‘rt ko‘rinishda taqdim etiladi — 5, 10, 20 va 50 grammlik. Ularning narxi 3,2 mln so‘mdan 32,3 mln so‘mgacha.
Suvenir to‘plamlar
Ular beshta oltin tangadan iborat. Ikki ko‘rinishda taqdim etiladi — 20 va 31,1 grammlik. Birinchisining narxi — 64,6 mln so‘m, ikkinchisi — 100,4 mln so‘m.
Joriy narxlar bilan regulyator veb-sayti hamda Telegram kanali orqali tanishish mumkin.
Oltinni saqlash va undan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Quyma oltinlar, tangalar va suvenir to‘plamlar aholi unda o‘z jamg‘armalarini saqlashi yoki investitsiya sifatida foydalanishi uchun ishlab chiqariladi.
Markaziy bank ushbu mahsulotlarning sirti zararlanib qolmasligi uchun bankdan sotib olingan vaqtdagi qadoqlarida saqlashni tavsiya qiladi.
Tangalar va quyma oltinlarni faol kimyoviy birikmalarni o‘z ichiga olgan maishiy kimyoviy vositalar, kosmetik vositalar va dori darmonlarga yaqin joyda saqlash mumkin emas. Ayniqsa, ularni xlorkalar, yod va simob yaqinida saqlash xavfli.
Tangalarni banknot yonida ham saqlab bo‘lmaydi, chunki undagi bo‘yoqlar va qog‘ozida oltingugurt birikmasi mavjud, bu esa qimmatbaho metallning sirti qorayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Oltinni istalgan vaqtda bankka qayta sotish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi