date

Disney "Frozen 3" haqida ilk qiziqarli ma’lumotlarni ochdi

Disney "Frozen 3" haqida ilk qiziqarli ma’lumotlarni ochdi

Disney 2027 yilda katta ekranlarga chiqishi kutilgan mashhur “Frozen” multfilmining uchinchi qismi haqida dastlabki tafsilotlarni oshkor qildi. Unga ko‘ra, tomoshabinlarni nafaqat qirollik to‘yi, balki Arendelle shahriga sirli tarzda qo‘shiladigan yangi oila a’zosi ham kutmoqda.

Mazkur sinopsis Shanxayda o‘tkazilgan Disney konferensiyasida taqdim etildi va allaqachon katta qiziqish uyg‘otmoqda. Unda shunday deyiladi:

“Yangi bobda qirolicha Anna yo‘lak bo‘ylab odimlar ekan, Elza esa sirli va sinovlarga to‘la sehrli sayohatga qo‘shiladi. Bu paytda Arendelledagi asrning to‘yiga mezbonlik qiladi. Eng hayratlanarli jihati shundaki, qirollik oilasi yangi, sirli a’zoni kutib olish arafasida turibdi”.

Mazkur “yangi a’zo” kim bo‘lishi hanuzcha sir bo‘lib qolmoqda. Muxlislar esa turli taxminlarni ilgari surmoqda: bu Anna va Kristoffning farzandi bo‘lishi, Elza uchun kutilmagan romantik qahramon paydo bo‘lishi yoki butunlay yangi sehrli mavjudot kelishi mumkin. Agar gap bola haqida bo‘lsa, bu Disney tarixida katta yangilik bo‘ladi — 25 yil ichida ilk bor malika katta ekranda onaga aylangan holda tasvirlanadi. Bunday voqea oxirgi marta 2000 yilda faqat uy videosi sifatida chiqqan “Kichik suv parisi II: Dengizga qaytish” filmida kuzatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Frozen 2” oxirida Anna Arendelle qirolichasiga aylangan va Kristoffning taklifiga rozi bo‘lgan, Elza esa sehrlangan o‘rmonda uning qo‘riqchisi sifatida qolishga qaror qilgandi. Shuningdek, Disney ushbu franchayzingning to‘rtinchi qismi ham ishlab chiqilayotganini tasdiqladi, ammo hozircha tafsilotlar e’lon qilinmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Disney "Frozen 3" haqida ilk qiziqarli ma’lumotlarni ochdi