
Filippinda kuchli yomg‘irlar tufayli ko‘plab hududlar suv ostida qoldi. Ko‘chalar daryo holiga kelib, mashinalar oqimda qolmoqda, odamlar esa ishga va maktabga borishda qiyinchilikga duch kelmoqda. Toshqinlar oqibatida ayrim kasalliklar ham tarqalayotgani aytilmoqda.
Aholi hukumatdan norozi. Yillar davomida toshqinlarga qarshi katta mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, ko‘plab loyihalar amalga oshmagan. Prezident Ferdinand Markos nazorat paytida mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan inshoot yo‘qligini tan oldi.
Korrupsiya haqidagi gaplar ijtimoiy tarmoqlardan ko‘chalarga chiqdi. Ayrim amaldorlar iste’foga chiqdi, pudratchilar Kongress va Senatda so‘roq qilinmoqda.
Filippinliklar endi aniq choralar talab qilmoqda. 21-sentabr kuni yirik norozilik namoyishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xalq suv toshqinlariga qarshi mablag‘larning halol sarflanishini istamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!