date

Isroil tanklari G‘azo shahri turar-joy hududlariga kirib bordi

Isroil tanklari G‘azo shahri turar-joy hududlariga kirib bordi
Isroil armiyasi G‘azo shahrining Shayx Radvon tumaniga tank va harbiy texnikalar bilan bostirib kirdi. Bu hudud urushdan oldin eng gavjum joylardan biri bo‘lib, minglab odamlar yashagan. Endilikda qattiq hujumlar va bombardimonlar oqibatida ko‘plab aholi uylarini tark etmoqda.

Isroil bu operatsiyani Hammas jangchilarini yo‘q qilish va garovdagilarni ozod qilish uchun o‘tkazayotganini bildirdi. Ammo xalqaro tashkilotlar bu amaliyotni keskin qoralab, G‘azodagi og‘ir vaziyat “insoniylikka zid” ekanini ta’kidlashmoqda.

Guvohlarning aytishicha, so‘nggi kunlarda tinimsiz bombardimonlar bo‘lgan, uylar, ko‘chalar va hatto suv hamda elektr ta’minoti izdan chiqqan. Minglab oilalar janubga qarab qochmoqda, biroq yo‘llarda tirbandlik va transport narxlarining keskin oshishi odamlarni qiynamoqda.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, avgustdan beri 190 ming kishi G‘azodan chiqib ketgan, ammo yarim milliondan ortiq aholi hali ham qolmoqda. Hamas sog‘liqni saqlash vazirligi 7-oktabrdan beri 65 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini ma’lum qildi, ularning yarmi ayollar va bolalar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil tanklari G‘azo shahri turar-joy hududlariga kirib bordi