date

Braziliya prezidenti Trampni tanqid qildi

Braziliya prezidenti Trampni tanqid qildi
Braziliya prezidenti Luis Inasio Lula Silva intervyuda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi. U Trampning Braziliya mahsulotlariga qo‘yilgan 50 foizlik bojlarini siyosiy qaror deb atadi va bu qaror amerikalik iste’molchilarga qimmatga tushishini ta’kidladi.

Lula Tramp bilan biror marta bevosita gaplashmaganini bildirdi. Uning aytishicha, bojlar haqida u matbuot orqali xabar topgan. Lula Tramp qarorlarni diplomatik yo‘l bilan emas, balki ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilishini tanqid qildi.

Prezident, shuningdek, sobiq prezident Jair Bolsonaro haqida ham fikr bildirdi. U Bolsonaro mamlakatda to‘ntarish uyushtirmoqchi bo‘lganini va sud tomonidan 27 yilga qamalganini eslatdi. Lula Trampning Bolsonaruni himoya qilganini ham qoraladi.

Lula BMTdagi islohotlar zarurligini aytib, besh doimiy a’zo haddan tashqari kuchga ega ekanini ta’kidladi. U Rossiya va Xitoy bilan hamkorlikni davom ettirsa-da, Ukrainadagi urushni qo‘llamasligini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliya prezidenti Trampni tanqid qildi