12:06 / 05.02.2022
1 518

Neft deyarli 100 dollargacha oshdi. O‘zbekistonda benzin narxi nima bo‘ladi?

Neft deyarli 100 dollargacha oshdi. O‘zbekistonda benzin narxi nima bo‘ladi?
Neft bo‘yicha jahon narxlari juma kuni 1 foizdan ko‘proq qimmatlashdi. Brent bahosi bir barrel uchun 92 dollarga yetgan bo‘lsa, WTI nefti 91 dollardan oshdi. So‘nggi marotaba brent nefti 92 dollardan, WTI esa 90 dollardan 2014 yilning oktabr oyida qimmatroq bo‘lgan edi.

Neft narxi yetti haftadan beri qimmatlashib bormoqda. Yil boshidan beri brent bahosi 18 foizga oshgan. Banklar, shu jumladan, Goldman Sachs ham uni 100 dollarga yetishini taxmin qilmoqda.

Neft narxi nima uchun oshyapti?
Bunga bir necha sabablar bor.

Birinchidan, iqtisodiyotning tiklanishi bilan yoqilg‘iga bo‘lgan talab butun jahonda jadal o‘sib bormoqda. Talab qanchalik yuqori bo‘lsa, narx ham shunchalik o‘sadi.

Ikkinchidan, 3 fevral kuni Yevropa Markaziy banki joriy yildan foiz stavkalarini oshirishni boshladi. Bu esa kotirovkalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Uchinchidan, bu yil AQSHda nisbatan sovuq ob-havo hukm surmoqda. Tahlilchilar sovuq ob-havo yonuvchan neft qazib chiqarilishiga katta zarar keltirishi mumkinligini bildirishgan.

To‘rtinchidan, OPЕK+ neft alyansi (neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti, uning tarkibiga BAA, Eron, Kuvayt, Saudiya Arabistoni va boshqalar kiradi) kvotalarda ko‘rsatilganidan kamroq neft ishlab chiqarmoqda. Joriy narxlar ularning foydasiga ishlamoqda, shu tufayli ular uchun yoqilg‘i ishlab chiqarishni oshirish uchun sarmoya kiritish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Yuqori narxlardan kimlar foyda ko‘radi?
Saudiya Arabistoni kabi eksportchi mamlakatlar. Ularning daromadlar o‘sishi joriy budjet holatini tiklashi va yaxshilashi ham mumkin.

Kim yutqazadi?
Iste’molchi davlatlar. Qimmat narx uchun xarajatlar inflyatsiya darajasini oshirishi va iqtisodiyotning tiklanishiga zarar yetkazishi mumkin.
Import energiyaga suyanadigan, iqtisodiyoti shakllanib kelayotgan mamlakatlar kapitalning yo‘qolishi yoki valyutaning zaiflashishiga duch kelishi mumkin.

Bunday vaziyat Turkiya, Ukraina, Hindiston kabi davlatlarga tegishli bo‘lishi kutilmoqda. Neftning eng yirik importchisi bo‘lgan Xitoy davlati ham oshib borayotgan narxlar oldida chorasizdir.

O‘zbekistonda benzin narxlari bilan nima bo‘ladi?
Avvalroq Energetika vazirligi jahondagi neft narxlarining O‘zbekistondagi benzin narxlari bilan bog‘liqligi haqida izoh bergan edi.
Eng kuchli ta’sir import xom ashyosidan ishlab chiqariladigan Ai-91, Ai-92, Ai-95 markalaridagi benzinga nisbatan kuzatiladi.

2021 yilning oktabr oyida bo‘lgan hisob-kitoblar:

O‘shandan beri ko‘p narsa o‘zgardi. Bir barrel narxi jadvalda ko‘rsatilgandek 80 dollar emas, balki 92 dollarga baholanmoqda. AQSH dollari 10 677 so‘m emas, balki 10 853 so‘m bo‘lgan. Bularning barchasi yakuniy ko‘rsatkichlarga ta’sir qiladi.

Vazirlikda ta’kidlashlaricha, Ai-90 markasidagi benzin asosiy iste’moldagi (78 foizdan ko‘proq) mahsulot bo‘lib, butun dunyodagi vaziyatga qaramasdan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tomonidan narxlar saqlab qolingan edi.

Iqtisodiyotni liberallashtirish doirasida davlat tomonidan benzin narxlari tushirildi. 2018 yili Ai-91 bo‘yicha, 2020 yilning 1 mayidan esa Ai-80 bo‘yicha narxlar o‘zgartirilishi to‘xtatildi. Endilikda barcha benzin markalari birja orqali bozor narxida sotilmoqda.

- Bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda shakllanayotgan jahon kotirovkalaridagi o‘zgarishlar mahalliy benzin narxlariga albatta ta’sir qiladi, — deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Neft deyarli 100 dollargacha oshdi. O‘zbekistonda benzin narxi nima bo‘ladi?