O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 12-sentyabrdagi sotuv narxlari e'lon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 6400 so‘mga kamaygan.
O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram - 7 428 000 so‘m.
10 gram - 14 857 000 so‘m.
20 gram - 29 714 000 so‘m.
50 gram - 74 285 000 so‘m.
100 gram - 148 569 000 so‘m.
O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar