date

Tramp avstraliyalik jurnalist bilan tortishdi

Tramp avstraliyalik jurnalist bilan tortishdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya telekanali ABC jurnalisti Jon Lyons bilan savol-javob chog‘ida bahslashdi. Jurnalist undan prezidentlikka qaytgach boyligi qanchaga oshgani haqida so‘radi. Tramp bu savolni “Avstraliyaga zarar” deb baholab, norozilik bildirdi.

Tramp farzandlari biznesni boshqarishini aytib, savoldan qochdi. U Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanese bilan tez orada uchrashishini eslatib, “Men unga siz haqida aytaman”, dedi. Keyingi savol berilganda esa jurnalistni “jim” bo‘lishga chaqirdi.

So‘nggi paytda AQSh va Avstraliya munosabatlari sovuqlashgan. AQSh Avstraliya eksportlariga qo‘shimcha boj qo‘ydi. Albanese buni “do‘stona munosabatga zid” deb baholadi.

Lyons Trampning munosabatini asossiz deb atadi. U savollarini odatiy va xolis deb ta’rifladi. ABC esa savollar prezidentning biznes faoliyatini tekshirayotgan dastur doirasida berilganini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp avstraliyalik jurnalist bilan tortishdi