date

Biologik qo‘shimchalar sog‘liqqa qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Biologik qo‘shimchalar sog‘liqqa qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) — bu inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan ozuqaviy moddalar, mikroelementlar, vitaminlar, o‘simlik ekstraktlari yoki boshqa turli xil tabiiy moddalarning yig‘indisidir. Ular ko‘pincha tabletka, kapsula, sirop, suyuq eritma yoki kukun ko‘rinishida tayyorlanadi. Asosiy maqsad — inson organizmining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, immunitetni mustahkamlash, moddalar almashinuvini yaxshilash, stressga qarshi kurashish hamda umumiy sog‘liq holatini tiklash va saqlashdan iborat.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, biologik faol qo‘shimchalar dori vositalari emas, balki organizmini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shimcha vosita sifatida ishlatiladi. Ular sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va muntazam jismoniy faoliyat bilan birga samarali natija ko‘rsatishi mumkin.

BFQ turlari juda xilma-xil bo‘lib, ular tarkibi va maqsadiga qarab bir nechta yirik guruhlarga bo‘linadi. Masalan, vitamin va mineral qo‘shimchalar inson tanasi uchun zarur bo‘lgan A, S, D, E, V guruhi vitaminlari, shuningdek kalsiy, magniy, temir va ruh kabi moddalarga boy hisoblanadi. Bu kabi qo‘shimchalar suyaklarni mustahkamlaydi, qon aylanishini yaxshilaydi va umumiy barqarorlikni ta’minlaydi.

O‘simlik asosida tayyorlangan qo‘shimchalar ham keng tarqalgan. Ular tarkibida jinsen, zanjabil, ko‘k choy ekstrakti yoki exinatsiya kabi tabiiy komponentlar mavjud bo‘lib, ular asab tizimini tinchlantiradi, energiyani oshiradi va immunitetni ko‘taradi.

Shuningdek, probiotiklar va prebiotiklar ichak mikroflorasini yaxshilashda, ovqat hazm qilish jarayonini sog‘lomlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular organizmni zararli bakteriyalardan himoya qiladi va immun tizimini barqaror saqlaydi.

Omega-3 yog‘ kislotalari esa yurak-qon tomir tizimi uchun juda foydali hisoblanadi. Ular asosan baliq moyi, chiya moyi kabi manbalardan olinadi. Omega-3 qon aylanishini yaxshilaydi, qon bosimini me’yorlashtiradi va asab tizimi uchun ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Biologik qo‘shimchalar sog‘liqqa qanday ta’sir ko‘rsatadi?