1 252
Urush jahon iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir qilmoqda. O‘zbekistonda narxlar nega o‘syapti?
Mart oyida oziq-ovqat narxlarining 2,5 foizga qimmatlashishi umumiy inflyatsiyaga 1 foiz ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda Markaziy bankning inflyatsion kutilmalari sharhidan ma’lum bo‘ldi.
Inflyatsiya darajasi Markaziy bankning maqsadli ko‘rsatkichlari trayektoriyasidan yuqoriroq shakllandi.
Inflyatsiyaning yuqori o‘sishiga tashqi iqtisodiy xatarlarning kuchayishi va yuqori noaniqliklar sharoitida mart oyida kuzatilgan so‘m kursining qadrsizlanishi ta’sir ko‘rsatdi.
Shuningdek, mart oyida mamlakat miqyosida keng nishonlangan bayramlar avvalgi oylarga nisbatan iqtisodiy faollik va yalpi talabning sezilarli oshishiga sabab bo‘ldi.
- Tashqi vaziyatning keskinlashuvi nafaqat bizning mintaqaga, balki dunyo bozorida ta’minot zanjirlarining uzilishi va logistik tizimlarning vaqtincha to‘xtashiga olib kelmoqda, — deydi Markaziy bank.
Oziq-ovqat tovarlaridan bug‘doy uni, yog‘, go‘sht, sut (parranda va baliq go‘shti) mahsulotlari, shakar va salqin ichimliklar narxlari ushbu davrda sezilarli qimmatlashgan bo‘lsa, banan va kartoshka narxlari arzonlashdi.
Shakar va un narxining oshishi ushbu mahsulotlardan ishlab chiqariladigan qandolat mahsulotlari, salqin ichimliklar narxlari o‘sishiga sabab bo‘ldi.
Grechka, pishloq, kungaboqar yog‘ining eksportyor davlatlarda (Rossiya va Qozog‘iston) ishlab chiqaruvchilar tomonidan narxlarning keskin oshirilishi ichki bozorlarda ushbu mahsulotlar narxiga qo‘shimcha bosimni yuzaga keltirmoqda.
- O‘z navbatida kungaboqar yog‘i narxidagi o‘zgarishlar natijasida mahalliy ishlab chiqariladigan paxta yog‘i narxi ham ko‘tarildi, — deyiladi Markaziy bank sharhida.
Ulgurji sotuvchilarda yil boshiga nisbatan kungaboqar yog‘i 25 foizga, paxta yog‘i esa 12 foizga qimmatlashgan. Meva va sabzavotlar narxlaridagi o‘zgarishlar mavsumiylik bilan bog‘liq.
- Broyler yetishtirishda zarur bo‘lgan ozuqa mahsulotlari asosan Argentina, Rossiya va Qozog‘istondan quruqlik transporti orqali, muzlatilgan tovuq go‘shti esa ko‘proq Turkiyadan import qilinadi, — deyiladi sharhda.
Bunda yanvar mart oylarida ozuqa narxlarining o‘sishi, Turkiya va Yevropa davlatlarida parranda grippining keng tarqalishi jahon bozoridagi narxlarga va ma’lum kechikish bilan mahalliy bozorlarda ta’sir eta boshladi.
Ozuqa narxlari qimmatligi sut mahsulotlari narxi o‘sishidagi muhim omillardan biri bo‘lib qolmoqda. Mart oyida yog‘ingarchilikning yetarli miqdorda bo‘lgani yaylovlar va ekin maydonlari uchun foydali bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa chorva ozuqasi zaxirasini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
- Qozog‘iston va Belarusdan go‘sht importi oshishi ichki bozorlarda taklif narxining pasayishiga sabab bo‘ldi, — deyiladi Markaziy bank sharhida.
Ushbu davrda tashqi vaziyat ta’sirida jahon bozorlarida neft narxi rekord darajada qimmatlashdi. Ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talabning ortishi va narxlarning shunga mos tarzda shakllanishi O‘zbekistonda yoqilg‘i mahsulotlari narxining oshishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Yoqilg‘i narxlarining qimmatlashishi natijasida yo‘lovchi tashish va yetkazib berish xizmatlari narxi oshdi. Shuningdek, ijara haqi, restoran va kafe xizmatlari, maishiy tovar va xizmatlar narxlarida ham o‘sish kuzatildi.
Global yarim o‘tkazgichlar taqchilligi, bundan tashqari, butlovchi ehtiyot qismlari yetishmasligi sharoitida ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan mart oyining dastlabki haftasida yangi avtomobillar narxi oshirildi.
- Bundan tashqari, avtomobil boshqarish darslari hamda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon xizmatlari, repetitorlik va sog‘liqni saqlash sohasidagi narxlar sezilarli darajada qimmatlashdi, — deydi Markaziy bank.
Shuningdek, Ukrainadan farmatsevtika mahsulotlari yetkazib berilishidagi uzilishlar fonida dori vositalari narxi qimmatlashdi.
Qurilish mavsumi boshlanayotganiligi sababli sementga bo‘lgan talabning ko‘payishi, shuningdek, ayrim korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari to‘liq hajmda ishlamasligi holatlari kuzatildi. Bu ichki bozorlarda sement narxining qimmatlashishiga sabab bo‘ldi.
Shaxsiy gigiyena, maishiy texnika, mebellar, kanselyariya va qurilish mollari ham qimmatlashdi.
Bunga valyuta kursidagi o‘zgarishlar, asosiy importyor davlatlar (Rossiya, Xitoy) ishlab chiqarish narxlarining oshishi, logistikadagi uzilishlar hamda ushbu tovarlar sotuvida kuzatilayotgan taqchilliklar sabab bo‘lmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi