date

Karlo Anchelotti Bellingemni yuqori baholadi

Karlo Anchelotti Bellingemni yuqori baholadi

Sobiq "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jurnalistlarning Jud Bellingem dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri ekanligi haqidagi savoliga javob berdi.

"Nima deyishimni xohlaysiz? Ha yoki yo‘q? Albatta. U eng yaxshilar qatorida. Men u bilan yaxshi munosabatda bo‘lganman.

U menga 2024-yilda Chempionlar ligasini yutishda yordam bergan. Shunday ekan, mening Bellingemni baholashimda biroz hissiyotlar bor. U yaxshi odam va ajoyib futbolchi", - dedi Anchelotti Goal nashriga bergan intervyusida.

2025/2026-yilgi mavsumda Jud Bellingem "Real" safida 11 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Real" hozirda La Liga peshqadami hisoblanadi, ikkinchi o‘rindagi "Barselona" esa uch ochkoga ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karlo Anchelotti Bellingemni yuqori baholadi