date

Messi faoliyatidagi 895-golini urdi

Messi faoliyatidagi 895-golini urdi

Lionel Messi futbol tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Juma kuni sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi Angola darvozasiga gol urib, Argentina terma jamoasiga o‘rtoqlik o‘yinida 2:0 hisobiga g‘alaba qozonishga yordam berdi.

Angola – Argentina 0:2

Gollar: Martines 43, Messi 82

Argentina – Rulli, Foyt, Romero, Talyafiano, Niko Gonsales, De Paul, Le Chelso, Makallister (Perrone, 85), Martines (Lopes, 85), Almada, Messi (Panichelli, 86)

Endi Messining faoliyatidagi jami gollari soni 895 taga yetdi. Faoliyatidagi gollar bo‘yicha undan faqat Krishtianu Ronaldu oldinda.

Portugaliyalik futbolchi hozirgacha 953 ta gol urgan. Shunday qilib, Messi Ronalduga yetib olish uchun 58 ta gol farqini yopishi kerak.

Klub darajasida Lionel Messi "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda. Yaqinda argentinalik yulduz MLS klubidagi shartnomasini 2028-yil oxirigacha uzaytirdi.

Argentina terma jamoasi navbatdagi tayyorgarlik o‘yinlarini mart oyida o‘tkazadi. Jamoa allaqachon jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi faoliyatidagi 895-golini urdi