11:44 / 14.09.2024
23

Tog‘li hududlarga chiqqanda qanday ehtiyot choralarini ko‘rish lozim?

Tog‘li hududlarga chiqqanda qanday ehtiyot choralarini ko‘rish lozim?
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tog‘li hududlarga chiqilganda qanday ehtiyot choralari ko‘rish kerakligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Hech qachon tog‘li hududlarga bir o‘zingiz chiqmang – bu xavfli bo‘lishi mumkin. Agar siz bilan birga joyni va tog‘da o‘zini qanday tutishni yaxshi biladigan malakali sayohatchi bo‘lmasa, unda tajribali yo‘l boshchini yo‘llang.

Agarda siz tog‘ga bir kunga chiqmoqchi bo‘lsangiz ham, o‘zingiz bilan quruq kiyimlarni olish maqsadga muvofiq. Tog‘li hududlarda havo hamisha o‘zgaruvchan, ayniqsa 1600 metrdan balandlikda.

Agar pastlik joylarda quyosh chaqnab issiq bo‘lsa-da, tog‘ning cho‘qqisida yomg‘ir va tuman bo‘lishi mumkin. Agarda bularga shamol ham qo‘shilsa, xavf ikki barobar oshadi.

Shuni unutmaslik lozim-ki, balandlik har 100 metrga oshgan sari, harorat 1 gradusga pasayib boradi. Mumkin qadar oyoq kiyim qalin poshnali va nam o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak. Shippak va krossovkalar kiyish tavsiya etilmaydi. 1 kunlik sayr uchun ozgina ovqat, suv uchun plastik idish, nam o‘tkazmaydigan kurtka va bosh kiyim bo‘lishi maqsadga muvofiq
”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, FVV agarda bir necha kunga tog‘ga chiqishni istasangiz, yoningizda albatta zaxira – shim, ko‘ylak, nam o‘tkazmaydigan kurtka, bosh va oyoq kiyim, palatka, qop ko‘rpa, qozoncha, karta, kompas va bir necha kunga yetadigan oziq-ovqat zaxirasi bo‘lishiga ahamiyat berish zarurligini eslatdi.

Shu bilan birga, boradigan yo‘l va joyni hisobga olgan holda kiyim-kechak va ovqatning og‘irligini hisobga olish lozim, chunki 2 km ga teng sayohatdan so‘ng tayyorgarligi yo‘q odam ushbu yukni ko‘tara olmaydi.

Shuni e’tiborda tutish lozimki tumanda harakatlanish qiyinligini va ko‘rish masofasi 10 metrni tashkil etishini inobatga olsak, bunday vaziyatda yo‘qolib qolish juda oson. Shuning uchun doimo bir-biringizni e’tiborli bo‘lib, yonma-yon yuring.

Tog‘ga sayrga chiqishda boradigan yo‘lingiz va manzilingizni yaqinlaringizga xabar berishni doimo yodda saqlang!

Yo‘lingiz va manzilingizni joylardagi FVV idoralari bilan maslahatlashib olish tavsiya etiladi, chunki siz tanlagan yo‘l xavfli bo‘lishi mumkin.

Shuni unutmangki, Respublikamizning tog‘li hududlarida yirtqich hayvonlar mavjud bo‘lib, ular sirasiga ayiqlar, bo‘rilar va hokazolar kiradi
”, deyiladi eslatmada.

Notanish joylarda o‘zini qanday tutish kerak?

FVVning ma’lum qilishicha, agar notanish joyda birinchi marotaba bo‘lsangiz, avvaldan ko‘zlagan rejaga asosan harakatlanish zarur.

Uyali aloqa vositalarini imkon qadar yoningizda olib yurish tavsiya etiladi. Qish faslida qor ko‘chkisi holatlari ko‘p uchraydi. Birinchi marotaba tog‘ga chiqqanda, uzoq joylarga sayr qilmaslik kerak.

Unutmang hamisha sizni tog‘da xavfsiz sayr qilishingiz uchun yo‘lboshlovchi xizmati ham bor”, deyiladi FVV xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tog‘li hududlarga chiqqanda qanday ehtiyot choralarini ko‘rish lozim?