80 yoshli otaxonning 3 kilogrammlik buqog‘i muvaffaqiyatli olib tashlandi

1 daqiqa o'qish38.9K
80 yoshli otaxonning 3 kilogrammlik buqog‘i muvaffaqiyatli olib tashlandi

Samarqandda shifokorlar noyob va bir qarashda imkonsizdek tuyuladigan operatsiyani amalga oshirishdi — 80 yoshli bemorning 60 yildan beri uni qiynab kelgan yirik buqog‘i jarrohlik yo‘li bilan olib tashlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, keksaygan bemor uzoq yillar davomida operatsiyaga rozi bo‘lmagan, chunki jarrohlikdan qo‘rqqan. Biroq oxirgi vaqtlarda hatto suv ichish ham azobga aylanganidan so‘ng u shifokorlar tavsiyasini qabul qildi.

Tibbiy jihatdan noyob holat
Markaziy shifoxonada o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida bemorda “gigant tugunli notoksik bo‘qoq” aniqlandi. Bu — qalqonsimon bezdagi juda kam uchraydigan va ko‘p yillik yod yetishmovchiligi tufayli paydo bo‘ladigan kasallik. Professor, tibbiyot fanlari doktori Ahmadjon Bobojonov ta’kidlashicha, bunday holatlarda faqat operatsiya orqali sog‘ayish mumkin.

“Jarayonda har bir millimetr muhim ahamiyatga ega edi. Biz nafaqat yirik tugunlarni olib tashlashimiz, balki bemorning hayotiy muhim hiqildoq nervlari va qon-tomirlarini asrab qolishimiz zarur bo‘ldi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, natijada bemorning nafas olishi va yutinishi yengillashdi”, — deydi professor.

80 yoshli otaxonning 3 kilogrammlik buqog‘i muvaffaqiyatli olib tashlandi

Tezkor tiklanish va umidli prognoz
Operatsiyadan keyin bemor qisqa vaqt ichida o‘ziga kelib, hayoti sifatini sezilarli darajada yaxshiladi. Hozirda u shifokorlar tavsiyasiga muvofiq yengil reabilitatsiya muolajalarini o‘tkazmoqda.

Mutaxassislar esa bunday holatlar yod yetishmovchiligi oldini olish va qalqonsimon bez salomatligini nazorat qilish zarurligini eslatishmoqda. Ular aholini muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishga va kasallik belgilariga beparvo qaramaslikka chaqirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?