Joriy yilning yanvar–iyul oylarida O'zbekiston tashqi savdo aylanmasi 44,4 milliard dollarga yetdi, deb Jahongir Latipov kanali xabar berdi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 19,9 foizga ko'p.
Eksport hajmi 20,1 milliard dollarni tashkil etib, 34,9 foizga oshgan. Import esa 24,29 milliard dollar bo'lib, 9,9 foizga ko'paygan.
O'zbekistonning asosiy savdo hamkorlari quyidagilar: Xitoy — 8,07 milliard dollar (18,2%), Rossiya — 7,16 milliard dollar (16,1%), Qozog'iston — 2,63 milliard dollar (5,9%), Turkiya — 1,6 milliard dollar (3,6%) va Koreya Respublikasi — 981,5 million dollar (2,2%).
Shu davr mobaynida O'zbekiston 197 ta davlat bilan savdo aloqalari amalga oshirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar