date

Buxoroda “O‘zbek noni uyi” sayyohlar uchun eshik ochdi

Buxoroda “O‘zbek noni uyi” sayyohlar uchun eshik ochdi
Buxoro viloyatida milliy qadriyatlar va an’anaviy oshxona madaniyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladigan yana bir madaniy maskan ochildi. Jondor tumanidagi Ushot sayyohlik qishlog‘ida “O‘zbek noni uyi” o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar berdi mahalliy turizm tashkilotchilari.

“O‘zbek noni uyi”ning asosiy vazifasi — sayyohlar orasida milliy non pishirish an’analarini namoyish qilish, yurtimizga xos mehmondo‘stlik madaniyatini yanada keng yoyishdan iborat. Bu yerga tashrif buyurgan mehmonlar nafaqat turli xil non turlarining tayyorlanish jarayonini ko‘rishlari, balki o‘zlari ham amalda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tashrif buyuruvchilar qadimiy tandirlarda non yopish jarayoniga guvoh bo‘lib, ustalardan milliy non turlari va ularning tarixi haqida ma’lumot olishlari mumkin. Shu bilan birga, “O‘zbek noni uyi” mahalliy aholining mehmondo‘stligini his etish, milliy madaniy merosga yaqindan oshno bo‘lish uchun ham qulay maydon yaratadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Buxoroda “O‘zbek noni uyi” sayyohlar uchun eshik ochdi