date

Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirdi

Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirdi

Apple kompaniyasi AQSh bozoriga mo‘ljallangan yangi iPhone modellarini endilikda Hindistondagi beshta zavodda, jumladan, yaqinda ishga tushgan korxonalarda ishlab chiqarmoqda, deb Bloomberg nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelasi oy taqdim etilishi rejalashtirilayotgan iPhone 17’ning barcha modellari ilk bor Hindistonda ishlab chiqariladi. Tata Group’ga tegishli zavodlar ikki yil ichida mamlakatdagi iPhone ishlab chiqarish hajmining yarmigacha ulushini ta’minlashi kutilmoqda.

Shuningdek, Apple Hindistondan AQShga eksport hajmini ancha oshirdi: joriy yilning aprel–iyul oylarida 7,5 milliard dollarlik iPhone eksport qilingan. Kompaniya yaqin kelajakda iPhone 18 ishlab chiqarishni ham Hindistonda yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirdi