date

Masha va Ayiqni taqiqlash taklifi


2025-yil 28-oktabr kuni rossiyalik siyosatshunos va jamoat arbobi Vadim Popov "Abzats" nashriga bergan intervyusida "Masha va Ayiq" multserialini televideniye va striming platformalarida cheklash kerakligini aytib o‘tdi. Uning fikricha, mazkur serialning syujeti "an'anaviy qadriyatlarga zid" bo‘lib, bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Popovning ta’kidlashicha, qizaloqning ota-onasiz yashashi "noto‘g‘ri oilaviy namuna"ni ko‘rsatadi. "Bosh qahramon injiq, manfaatparast bo‘lib, ayrim sahnalar bolalar uchun zararli.

Masha yolg‘iz yashaydi, hayvonlar undan qo‘rqadi, hatto bir epizodda shubhali ayiqning "sevgi hikoyasi" tasvirlangan. Bunday narsalarni bolalar ko‘rmasligi kerak", — dedi u.

Siyosatshunosning so‘zlariga ko‘ra, hozircha multfilmni taqiqlash ro‘yxatiga kiritish ko‘zda tutilmagan, biroq bunday syujetlarni televideniye va striming xizmatlaridan olib tashlash zarur.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Masha va Ayiqni taqiqlash taklifi