O‘zbekistonning 6 viloyatida qor ko‘chishi xavfi bor

O‘zbekistonning 6 viloyatida qor ko‘chishi xavfi bor
Qisqacha

O'zgidromet 17–22 dekabr kunlari Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyatlarining tog'li tumanlarida qor ko'chishi xavfi borligidan ogohlantirdi. Yog'ingarchilikning ko'payishi va havo haroratining o'zgarishi ayrim hududlarda ushbu xavfni oshirishi mumkin. Tog' etaklaridagi aholi punktlari va dam olish maskanlarida ehtiyotkorlikka rioya qilish, fuqarolar, sayyohlar hamda haydovchilar esa xavfsizlik qoidalariga amal qilishi kerak.

O‘zgidromet O‘zbekistonning qator tog‘li hududlarida xavfli tabiiy holat kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 17–22 dekabr kunlari yog‘ingarchilikning ko‘payishi va havo harorati o‘zgarishi ortidan ayrim viloyatlarda qor ko‘chishi ehtimoli oshadi.

Xususan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li tumanlarida ushbu xavf prognoz qilinmoqda. Ayniqsa, tog‘ yetaklarida joylashgan aholi punktlari hamda dam olish maskanlarida ehtiyotkorlik talab etiladi.

Mutaxassislar mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, sayyohlar va yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilarni xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirmoqda. Bir lahzalik bee’tiborlik jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar