
O‘zbekistonda dori vositalarini tayinlash tizimida muhim o‘zgarish joriy etilmoqda. Endi antibiotiklar va tizimli ta’sir etuvchi gormonal preparatlar faqat elektron retsept asosida beriladi.
Yangi tartibga ko‘ra, bemorga tayinlanadigan dori-darmonlar haqidagi barcha ma’lumotlar shifokor tomonidan elektron retsept tizimiga kiritiladi va raqamli tasdiq orqali rasmiylashtiriladi. Bu esa dori aylanmasida nazoratni kuchaytirish va o‘zboshimchalikning oldini olishga xizmat qiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida elektron retsept orqali beriladigan dori vositalarining aniq ro‘yxatini shakllantirish uchun maxsus Ekspertlar kengashi tuziladi. Birinchi bosqichda antibiotiklar hamda tizimli ta’sir etuvchi gormonal dori vositalari elektron tarzda tayinlanadi.
Shu bilan birga, 1003 qisqa raqamli Sall-markaz orqali yotoq rejimidagi va surunkali kasallikka chalingan bemorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi. Ular masofadan turib oilaviy shifokor yoki tor soha mutaxassisiga murojaat qilib, davolash kursini davom ettirish uchun elektron retsept olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yangi tizim bemorlar uchun ham, tibbiyot tizimi uchun ham qulay va shaffof yechim bo‘lishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.