
Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan 2025 yilda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 8 mlrd 890 mln so‘m mablag‘ belgilangan jamg‘armalarga o‘tkazildi.
Mazkur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga muvofiq taqsimlanib, ularning 70 foizi «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» hamda «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armalariga, 30 foizi esa Qo‘qon shahar hokimligi huzuridagi «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasiga yo‘naltirildi.
Barcha o‘tkazmalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining alohida g‘aznachilik hisob raqamlari orqali amalga oshirilib, shaffoflik va qat’iy nazorat ta’minlandi.
Mazkur mablag‘lar ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar uchun ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish hamda mahalliy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.