Namanganda bolalarni bosib ketishga sal qolgan haydovchi jazolandi

1 daqiqa o'qish304
Namanganda bolalarni bosib ketishga sal qolgan haydovchi jazolandi

Namangan viloyatida bolalar hayotini xavf ostida qoldirgan yo‘l-transport holati jamoatchilikning keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. 15 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Damas rusumli avtomashina piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan bolalarga yo‘l bermagani aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tezkor surishtiruv o‘tkazildi. Natijada Damas avtomashinasi jarima maydoniga joylashtirilib, haydovchiga qonunchilikka muvofiq ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Tekshiruv davomida xavfli vaziyat yuzaga kelishida Spark rusumli avtomashinaning piyodalar o‘tish joyi oldida qoidabuzarlik bilan to‘xtab qoldirilgani ham aniqlandi. Bu holat Damas haydovchisining yo‘lni to‘liq ko‘rishiga jiddiy to‘sqinlik qilgan.

Har ikki haydovchi ham sodir bo‘lgan holatdan afsusda ekanini bildirib, bundan buyon yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishga va’da berdi.

Qonunga muvofiq, Damas haydovchisiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi, Spark haydovchisiga esa 128-6-moddasi asosida ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.

Yo‘lda bir lahzalik bee’tiborlik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois haydovchilardan, ayniqsa piyodalar o‘tish joylarida, maksimal darajada hushyor bo‘lish talab etiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?