"Qo'qonlik tabib" Iqbol Soliyev ozodlikda: Ozarbayjondan deportatsiya qilindi

Qo‘qondan bo‘lgan shifokor Iqbol Soliyev ozodlikka chiqdi. U Ozarbayjon hududida ushlanganidan so‘ng tegishli qonunchilik asosida mas’uliyat choralari qo‘llanib, keyinchalik davlat hududidan chiqarib yuborildi.
Lent.az nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, tabibga nisbatan amalga oshirilgan choralar qonun doirasida bo‘lib, uning ozod qilinishi va mamlakat hududidan chiqarilishi tizimli tartibda amalga oshirildi. Hozirda Iqbol Soliyev o‘z oilasi va kasbiy faoliyatiga qaytish imkoniyatiga ega.
Bu holat Ozarbayjon va O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasidir. Mavzu yuzasidan rasmiy izohlar keltirilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing