Samarqandda yana bir blogerga nisbatan «ish» qo‘zg‘atildi: qamoqqa olingan

1 daqiqa o'qish2.1K
Samarqandda yana bir blogerga nisbatan «ish» qo‘zg‘atildi: qamoqqa olingan

Samarqand viloyati IIB “Sirojiddin media” MCHJ rahbari, YouTube platformasida faol bloger sifatida tanilgan Sirojiddin Adilov qo‘lga olingani haqida ma’lum qildi.

IIB axborotiga ko‘ra, Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan fuqaro R.X. 2024 yilning avgust oylarida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 1980 yilda tug‘ilgan S.A.ga (Sirojiddin Adilov) murojaat qilgan. Murojaat mazmuni — boshqa bir shaxs bilan o‘rtadagi moliyaviy masalani “hal qilib berish” bo‘lgani aytilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, S.A. vakolatli shaxs bo‘lmagan holda, ishni jabrlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga ma’lum miqdorda pul olgan, biroq va’da qilingan ish amalga oshmagan. IIB bayonotida, fuqaro S.A. va’dasini bajarmasdan, uzoq vaqt davomida aldab kelgani haqida ham qayd etilgan.

Shundan so‘ng Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro mazkur holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha Sirojiddin Adilovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) hamda 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgani ma’lum qilindi. Viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida: bu xabar hozircha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bergan dastlabki ma’lumotlardan iborat. Yakuniy xulosa va qaror tergov hamda sud jarayonlari natijasiga ko‘ra chiqariladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?