date

Samarqandda Onix urgan piyoda fojiali tarzda vafot etdi

Samarqandda Onix urgan piyoda fojiali tarzda vafot etdi

Samarqandda yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir piyoda hayotdan ko‘z yumdi. “Millar” xabariga ko‘ra, Onix avtomashinasi haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa kuzatuv kamerasiga muhrlanib qolgan. Videolavhada uch nafar piyoda yo‘lning belgilanmagan qismi orqali o‘tayotgani, shu payt Onix kelib, ulardan birini urib yuborganini ko‘rish mumkin.

Oqibatda jabrlanuvchi olgan og‘ir tan jarohatlari sabab vafot etgan. Bu kabi holatlar yo‘l harakatida bir lahzalik e’tiborsizlik qanchalik og‘ir oqibatlarga olib kelishini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda Onix urgan piyoda fojiali tarzda vafot etdi